Klaster istiqbolli va samarali tizimi

Gurlan tumanidagi “Gurlan baraka teks” MChJga qarashli chorvachilik kompleksida “O’zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha 2022-2026-yillarga mo’ljallangan dasturni tasdiqlash to’g’risida” PQ-120-sonli qarori ijrosini ta’minlash, aholini chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanishiga erishish maqsadida sohani rivojlantirish, mavjud muammolar va ularning yechimi mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminar doirasida “Gurlan baraka teks” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida amalga oshirilgan ishlar, chorvachilik sohasini rivojlantirish borasida kelgusidagi rejalar bilan tanishtirish maqsadida media-tur ham tashkil qilindi.

Ma’lumot uchun: “Gurlan baraka teks” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida xorijdan keltirilgan Angus, Grinford, Limuzin, Simmental, Qizilcho‘l, Shvis kabi 10 ga yaqin zotli qoramollarni Xorazm sharoitiga iqlimlashtirish, xar bir zotga o‘ziga xos ratsionlar ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 24, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 523 marta