Kitob-eng yaxshi sovg‘a

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi tashabbusi bilan an’anaga aylanayotgan "Baxtli oilaga kitoblar" loyihasi Gurlan tumanida davom etmoqda.

Bugungi globallashuv asrida internet orqali sanoqli soniyalar ichida kerakli ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Ammo internet kitob o‘rnini bosa olmaydi. Elektron o‘quv insonga faqatgina quruq ma’lumot berish bilangina cheklanadi. Kitobni ushlaganda, uni sahifalay boshlaganda undagi voqealar shiddat bilan rivojlanganda esa kishini o‘zgacha hayajon bosadi. Kitobda har bir kishi o‘zi uchun axloqiy poklikni, aqliy kamolotni topadi. Shuning uchun ham kitob-eng yaxshi sovg‘a.

Bugun yoshlarning nikoh to‘yi munosabati bilan zamonaviy moʻjaz kitob javoni hamda kotoblar  sovg‘a qilindi. Bu albatta kelgusi avlodga boy ma’naviy ozuqa sifatida yangi hayot ostonasidagi oilalarning baxtli, farovon, ahil yashashiga xizmat qiladi.

Bu xayrli tashabbus inson ma'naviyatini yetuk qiladi va barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tumani bo'linmasi


May 22, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 187 marta