Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Xorazm viloyati hokimligi va O‘zkomnazorat inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu’basi hamkorlikda Gurlan tumani hokimligida idora va tashkilotlar xodimlari uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumatni joriy etishda axborot xavfsizligini ta’minlash asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni joriy etishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati, elektron hukumatda o‘zaro munosabat turlari, rivojlanish bosqichlari, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va ularning foydalanish samaradorligi, ma’lumotlar uzatish texnik vositalari va ularda axborot xavfsizligini ta’minlanganligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar qatnashchilariga faoliyatida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, seminar ishtirokchilarining mavzu bo‘yicha ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 151 marta