Kadastr pasportini tayyorlash muddati qisqartirildi
Kadastr pasportini tayyorlash koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
• koʻp kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
• yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha (ilgari bu muddat 7, 10 kun edi);
• koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:
• umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
•umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
• umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha;
(ilgari bu muddat 10 kundan 45 kungacha boʻlgan).
Kadastr pasportini berish uchun toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan soʻng 1 oy mobaynida toʻlov qiladi.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 650 marta