KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

Gurlan tumani Guliston madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bayram tadbirini tuman hokimi Murodjon Achilov kirish so'zi bilan ochib berib, 8-dekabr – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutladi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi, tuman deputatlari, hokim o'rinbosarlari va keng jamoatchilik vakillari  ishtirok qildilar.

Tadbirda tuman Madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. 

Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan tadbirlar tumanning barcha mehnat jamoalari, ta'lim maskanlari, mahallalarda davom etmoqda.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Dekabr 07, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 669 marta