Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi tomonidan sayyor qabul

Xorazm viloyati Gurlan tumani huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarning rahbarlari tomonidan mahallalarda o‘tkaziladigan sayyor qabullar jadvali tasdiqlangan.

Shunga ko‘ra, tuman sudi raisi J.Axmedov tomonidan 2024-yil  24-may kuni tumandagi Yangiasr mahallasida joylashgan 9-son bolalar musiqa va san’ati maktabi binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi, unda 5 nafar fuqarolar qabul qilingan.

Murojaatlarning 4 tasi boshqa masalar (ijtimoiy himoya masalalari) va 1 tasi mansabdor organ tomonidan chiqarilgan ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror ustidan shikoyat berish tartibi yuzasidan murojaat qilgan. (barchasi og‘zaki).

Murojaatlarning 4 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan va 1 ta ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyat qanoatlantirilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi


May 27, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 218 marta