Iste’mol bozori va tashqi iqtisodiy aloqalar
2022-yilning yanvar–mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 235,8 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning shu davriga nisbatan 120,5 % ni tashkil qildi.
Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 1,9 mlrd. so‘mni tashkil qiladi va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 0,8 % ni tashkil qildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 183,8 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 77,9 % ni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,4 % ga o‘sish kuzatildi.
Uyushmagan savdo tovar aylanmasi 50,1 mlrd.so‘mni tashkil qilib, jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 21,3 % ni tashkil qildi va 142,2% o‘sish kuzatildi.
|
Jami |
Aholi jon boshiga |
|||
mlrd. so‘m |
2021 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan foizda |
ming so‘m |
2021 yilning yanvar-mart |
||
Chakana tovar aylanmasi |
235,8 |
120,5 |
1548,6 |
118,6 |
Tumanda tashqi savdo aylanmasi 3,3 mln. AQSh dollariniga teng bo‘lib, jami tashqi savdoning 35,0 foizni eksport, 65,0 foizini import tashkil qiladi. Import 2022 yilning yanvar-mart oylarida 2,2 mln. dollarni, eksport 1,1 mln. dollarni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi
(ming AQSh dollari)
|
Tashqi savdo aylanmasi |
Eksport |
Import |
Saldo |
2022 yilning yanvar-mart oylarida |
3313,0 |
1160,4 |
2152,6 |
-992,2 |
Tuman tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning yanvar–mart oylarida 3313,0 ming AQSh dollarni, jumladan eksport 1160,4 ming AQSh dollarni, import 2152,6 ming AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi -992, ming AQSh dollarni tashkil etdi.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 705 marta