Issiqxonalarda birinchi hosil pishib yetilmoqda
Gurlan tumanidagi “Gurlan Eksport” MCHJ tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxonada dastlabki hosil pishib yetildi.
Mazkur tashkil qilingan 25 gektar issiqxonada xalqimiz dasturxoni uchun poliz ekinlari xususan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri hamda baqlajon mahsulotlari yetishtirilmoqda. Gidroponika usulidagi issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlar Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. Hozirda dastlabki ekilgan pomidorlar hosili qizarib, pishish davriga kirgan.
Gurlan tumani hokimining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Davlatov bu yerda bo‘lib, issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Loyiha tashabbuskori bilan muloqotda mahsulotlar eksportini oshirish hamda Yevropa bozorlariga chiqish tadbirkorlarimiz uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 474 marta