Issiqxona – daromad manbai

Bugun Gurlan tumanidagi “Gurlan eksport” MChJda viloyatimizdagi issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, viloyatimizda jami 450 gektar maydonda issiqxonalar tashkil qilingan bo‘lib, shundan 120 gektarida mahsulot gidroponika usulida yetishtiriladi. Joriy yil yakuniga qadar yana 45 ta tashabbuskorlar tomonidan 139 gektar maydonda zamonaviy tipdagi issiqxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Seminar-kengashda viloyat hokimi Farxod Ermanov ishtirok etib, zamonaviy issiqxonalarda mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va eksport uchun yangi bozorlar izlab topish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va soha uchun malakali agronomlar tayyorlash, issiqxona xo‘jaliklarining soliq va kredit to‘lovlaridan qarzlarini undirish masalalariga to‘xtaldi.

Seminarda turkiyalik mutaxassislar issiqxona xo‘jaligini yuritish bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdilar.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Avgust 13, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 557 marta