Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi e’zoz va ehtiromda

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 104 yoshni qarshilagan Bobojon bobo Madaminov xonadoni shu kunlarda har qachongidan gavjum. 

Bayram munosabati bilan Bobojon bobo xonadoniga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov, Xorazm viloyati prokurori Botir Qudratxo‘jayev, Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov, tuman sektor rahbarlari, yoshlar hamda harbiylar tashrif buyurishdi.

Otaxonga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 77 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga yo‘llagan tabriknomasi hamda 15 million pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.


May 10, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 699 marta