Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi
Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 104 yoshni qarshilagan Bobojon bobo Madaminov xonadonida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram munosabati bilan Bobojon bobo xonadoniga viloyat hokimligi, tuman sektor rahbarlari, harbiylar, mehnat faxriylari va yoshlar tashrif buyurishdi.
Otaxonga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga yo‘llagan tabriknomasi, 18 million pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 333 marta