IIB probatsiya hisobida turuvchi, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv

Gurlan tumani 9-son bolalar musiqa va san'at maktabida tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mazkur shaxslarning murojaatlari tinglandi va oila daromadini oshirish maqsadida tadbirkorlik yo‘nalishida imtiyozli kreditlar, dexqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 15 sotixdan yer, subsidiya asosida asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida ushbu yoshlarni qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob berilib agarda ularni qiynayotgan muammo masalar bo‘lsa kelib murojaat qilishlari tushuntirilib ularning harbir muammolari shaxsan o‘zlarinazorattga olishlari tushuntirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 315 marta