Hurmatli iste'molchilar

Havo harorati sovushi bilan energiya manbalariga ehtiyoj sezilarli ortib boradi, shu jumladan elektr energiyasiga boʼlgan talab ham. Umumenergotizimda katta avariyali holatlar sodir boʼlishini oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari tomonidan isteʼmol balansini saqlashga qaratilgan choralar koʼrilishini taqozo qiladi. Shuningdek soha xodimlari oldida turgan dolzarb masala aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash boʼlib, hududlarda bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Lekin havoning sovib ketishi natijasi hamda yuqori isteʼmol vaqtlarida viloyatga belgilangan isteʼmol topshirigʼini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni toʼxtab qolishini oldini olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish muvozanatini ushlab turish hamda isteʼmolchilar taʼminotini tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida faqat favqulodda xolatda viloyatimizning hududlarida tuman, shahar hokimliklari bilan kelishgan holda BUGUN (7-31-yanvar uchun) elektr energiyasi taʼminotiga qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi.


Yanvar 11, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 401 marta