Hokim yordamchilariga yana bir qulaylik taqdim etildi!
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Gurlan tumanidagi 50 nafar hokim yordamchilariga maxsus planshetlar tarqatildi.
Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov tomonidan hokim yordamchilariga ushbu planshetlar topshirilib, ko‘zlangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Endilikda hokim yordamchilari o‘zlariga biriktirilgan planshetlardan tezkor axborot almashish, murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida tinglash hamda amaliy yordam berish va boshqa ko‘plab maqsadlarda foydalanishlari mumkin.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 580 marta