Hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilmoqda

Bugun Gurlan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari M.Bekchanovlar Vatanparvar, Chakkalar, Obod, Saxtiyon mahallalarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

Suhbat jarayonida joylarda “mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha mahallalarda olib borilayotgan ishlar, bunda hokim yordamchilarining o‘rni va vazifalari muhokama etildi.

Xususan, hududdagi hokim yordamchisi mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish joylarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish borasida hokim yordamchilari tomonidan qilingan ishlar tahlil etildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Vatanparvar mahallasida joylashgan  “Roziya Saxtiyon tikuv sexi” MCHJ tikuvchilik sexida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar hamda tegishli tavsiyalar berdilar.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Iyul 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 601 marta