Hisobot topshiruvchi fermer xo‘jaliklari diqqatiga!

Fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xo‘jaliklariga uslubiy ko‘mak berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu on-line muloqotlarda “1-fx” shakli hisobotining har bir bo‘lim va ulardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha savollaringizga statistika organlari xodimlari tomonidan atroflicha javob beriladi.

On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali  2023-yilning 30-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, fermer xo‘jaliklari uchun “1-fx” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

 

On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!

 

Zoom ID: 829 4051 0364

Kirish kodi: 577819


Yanvar 30, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 322 marta