HURMATLI FUQAROLAR VA VILOYATIMIZ MEHMONLARI!

Bugun mamlakatimizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Xozirgi paytga kelib elektr ta’minotidagi nosozliklar bartaraf etilib, hududlarga elektr energiyasini yetkazib berish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining barcha sohaviy va hududiy xizmatlari tomonidan viloyatimizda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning va ularning mol-mulklarini asrash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, xodimlar kunu-tun xizmat olib borayotganliklarini ma’lum qilamiz.

102 tizimi odatiy rejimda ishlamoqda. Fuqarolardan noodatiy vaziyatdan sarosimaga tushmasliklarini hamda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ichki ishlar organlari va maxsus xizmatlarning yordamiga tayanishlarini so‘raymiz.

Xorazm viloyati IIB


Yanvar 25, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 608 marta