HOKIMIYAT XODIMLARI TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILDI

Inson uchun eng katta boylik — sog‘lik. U faqat sog‘ bo‘lgandagina baxt ta’mini to‘liq tatishi mumkin.

Bugun Gurlan tuman hokimligi apparat xodimlari  tuman tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonida xodimlarga shifokorlar tomonidan aniq tashxis qo'yilib, kerakli tavsiya hamda muolaja turlari belgilab berildi. 

Bu kabi tibbiy ko'riklarning tashkil etilishi tashkilot xodimlarining sog'ligini asrashga va befarq bo'lmaslikka, qolaversa, sog'likni asrash orqali samarali ish faoliyatini olib borishda hamda ish unumdorligini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Fevral 23, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 722 marta