HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN SEMINAR

Gurlan tumani Nukus mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-sonli qaroriga asosan tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminarda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi o‘rinbosari T.Sattarov, Xorazm viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Q.Rajabov hamda Gurlan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov ishtirok qildi.
 
O‘tkazilgan seminarda hokim yordamchilari hamda “Tomorqa xizmat” MCHJ rahbarlariga mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” o‘rganish, mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
 
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 13, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 630 marta