Gurlanlik migratsiyada yurgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Gurlan tumani hokimligida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Davlatov va sektor rahbarlari yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tuman Yoshlar ishlar agentligi, Bandlik bo‘limi va  mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Muloqotda migratsiyada yurgan yoshlarga Davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, kredit, uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularni haq, huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.

 

Yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va oylik maoshlarini vaqtida olayotgani, ish va yashash joylaridan mamnun ekanliklarini ma’lum qildilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 186 marta