Gurlanda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi

Gurlan tumani “Mevazor” mahallasida “Vazir niholi” davlat xususiy sherikchilik asosidagi  oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalinishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Murodjon Achilov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Urazmetov, tuman maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi mudiri J.Matsafayev, nuroniylar, ota - onalar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi M.Achilov so‘zga chiqib, “Mevazor” mahallasi aholisini yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ishga tushganligi bilan tabrikladi.

Eng zamonaviy talablar asosida qurilgan ushbu bog‘cha 75 nafar jajji bolajonlarni o‘z bag‘riga oladi.

Bog‘chaning ochilishida ishtirok etganlar bu yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 650 marta