Gurlanda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklardan aholi mamnun

Bugun Gurlan  tumanida «Salomatlik sayillari» o‘tkazildi.Unda hududda yashovchi bolalar, ayollar, katta yoshli aholi vakillari neyroxirurg, travmatolog, rentgenolog, nevropatolog, kardiolog, urolog, pediatr, bolalar jarrohi kabi tor soha mutaxassislari tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik hamda skriningdan o‘tkazildi.

 

Xastalik aniqlangan statsionar va ambudator muolajalar tavsiya qilindi. Tadbirlar doirasida «Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi», tashkil qilinib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya  qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, ta’qiqlangan mahsulotlarni ratsiondan chiqarish bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot  ishlari olib borildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 06, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 405 marta