Gurlanda 30 ming ko'chat ekish aksiyasi o’tkazildi

Bugun Gurlan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sovunchi mahallasidagi 2 gektar maydonga 20000 tup terak ko’chati va 10000 ta terak qalamchasi ekilib, terak plantatsiyasi tashkil qilindi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdiqilichov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘.Meyliyev, tuman hokimi M.Achilov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, mahalla raislari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’zga chiqqanlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi aksiyalarning dolzarbligini, bu orqali ekologik barqarorlik ta’minlanishini ta’kidlab, barchani tadbirda faol ishtiroq qilishga chaqirdilar. Shundan so’ng ko’chatlarni ekish ishlarini boshlab yubordilar.

"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi mazkur aksiya mahallalarda ham davom etmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 08, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 574 marta