Gurlanda "onalar bog‘i" tashkil etildi

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarga g’amxo’rlik qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva Gurlan tumaniga tashrifida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ayollarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rliklar timsoli sifatida “Onalar bog’i”ni tashkil qilish taklifini bergan edi. Ushbu taklifni tuman hokimi Murodjon Achilov ham qo’llab-quvvatlashini bildirib, Paxtachi mahallasi hududida 1,5 gektar yer maydonida “Onalar bog‘i” tashkil qilinishini bildirgan edi.

Ushbu ezgu maqsadni amalga oshirish uchun bugun yangi bog‘ga ko‘chat ekish ishlari boshlandi.

Unda Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari R.Turdiboyeva, viloyat hokimi o‘rinbosari G.Kurbanbaeva, tuman hokimi M.Achilov, tumanning faol ayollari, nuroniy va yoshlar ishtirok etishdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 599 marta