Gurlan tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli qonuni hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-4-029-12-0-K/24-sonli qaroriga muvofiq hamda Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 26-dekabrdagi 02-7-09/12563-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024- yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (keyingi o‘rinlarda Qaror deb ataladi) ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
  2. Mazkur qarorga muvofiq, Gurlan tumani mahalliy budjetining 2025-yil uchun daromadlari 122,9 mlrd so‘m hamda xarajatlari 122,9 mlrd so‘m prognoz qilinganligi ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
  3. 2025-yil uchun tumanning tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi 1-ilovaga muvofiq ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
  4. 2025-yil uchun tuman mahalliy budjetidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  5. 2025-yil uchun tuman budjetiga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  6. 2025-yil uchun tuman mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlarining prognozi 4-ilovaga muvofiq ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
  7. 2025-yil uchun tumanning budjeti zaxira jamg‘armasi hajmlari 1,7 mlrd so‘m miqdorida belgilansin.

Tuman budjetining 2025-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida (jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘dan tashqari) 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin.

Bunda davlat tibbiy sug’urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg’armalari ushbu mexanizmlar joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmidan kam bo‘lmagan miqdorlarda shakllantiriladi.

  1. 2025-yil uchun tuman mahalliy budjeti shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq belgilansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasining mazkur Qonuni bilan 2025-yilda xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan, mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilari kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
  3. Shuningdek, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024- yil 26-dekabrdagi Xorazm viloyatining “2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga 2025-yilda quyidagi soliq turlari:
  4. Tumanmahalliy budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i; jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno; noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʻridan foydalanganlik uchun soliq; yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; aylanmadan olinadigan soliq; davlat aktivlarini foydalanishga (ijaraga) berishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar.
  1. 3-ilovaga muvofiq quyidagi soliq turlari viloyat va tuman budjeti o‘rtasida taqsimlanadi: benzinni, dizel yonilg‘isini va gazni yakuniy iste‘molchilarga realizasiya qilishdagi aksiz solig‘i.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409-son qaroriga asosan 2025-moliya yilidan boshlab:
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi tuman(shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman(shahar)lar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalari”ga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yo‘naltirilishi;
  3. tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 milliard so‘m mablag‘ rejalashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat tuman mahalliy budjetinining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
  5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlarov iqtisodiyot va moliya bo‘limiboshlig’i J.Xasanov, soliq inspeksiyasi boshlig’i A.O‘razbayev hamda tuman hokimligi va mas‘ul tashkilotlar bilan birgalikda:

tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon hamda kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish; mahalliy budjeti prognoz ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish;.

budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish; budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va ma‘suliyatni yanada kuchaytirish; tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushumini ta‘minlash; budjet daromadlar bazasini oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e‘tibor qaratsin.

  1. Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayevga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:

soliqlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni o‘z vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirishga; yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazgan holda soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta‘minlash hamda ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga;

aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini o‘rnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazishga; bunda, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targ‘ib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda videomateriallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e‘tibor qaratish;

xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk solig‘ining soliq bazasini oshirish vazifasi yuklatilsin.

  1. Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev Kadastr palatasi tuman filiali boshlig‘i Z.Allaberganov bilan hamkorlikda 2025-yildan boshlab yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarga 1 kv.metr uchun minimal miqdorlar joriy etilganligidan kelib chiqib, tumanda mavjud soliq to‘lovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarning to‘liq hisoblanishini ta’minlasin.
  2. Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:

noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlarni aniqlash bo‘yicha xatlovlar o‘tkazilishi; xatlov natijalari bo‘yicha aniqlangan noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda ularni soliq bazasiga qamrab olinishi; noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida faoliyat olib borayotgan karyerlar tomonidan qazib olinayotgan noruda qurilish materiallar hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.

Bunda, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan karyerlarning qazib olish hajmlarini doimiy tahlil qilib borish hamda zarur hollarda qazib olish hajmlarini aniqlashda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan “marksheydrlik” xizmatlaridan foydalanish lozimligi alohida belgilab qo‘yilsin.

  1. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i X.Urazmetovga soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetga undirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borsin hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
  2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Bekchanov jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha joriy hisoblangan soliqlarni hamda ushbu soliqlardan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan soliq organlariga amaliy yordam ko‘rsatsin.
  3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatovga tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:

bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini aniqlash bo‘yicha xatlov ishlarini samarali tashkil etish; xatlov natijalariga ko‘ra viloyatda mavjud bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini shakllantirish; shakllantirilgan ro‘yxatga asosan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish yoki sotish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash; bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish yoki sotish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida roliklar va videomateriallar tayyorlash; xususiylashtirilishi mo‘ljallangan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini “e-ijro auksion” mayonchasi orqali sotish ishlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tashqi reklama obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazgan holda ushbu tashqi reklama obyektlari bo‘yicha shartnomalar tuzish choralarini ko‘rsin hamda ushbu shartnomalar bo‘yicha yig‘imlarning budjetga to‘lanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
  2. Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi boshlig’i J.Raximov va soliq inspeksiyasi A.O‘razbayev hamda tuman hokimining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan birgalikda tumanda sug‘orishga sarflanayotgan suv hajmlari bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur iste‘mol hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarning to‘liq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga to‘liq undirib olish vazifasi yuklatilsin.

Bunda, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar bo‘yicha hisoblanayotgan suv soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratsin.

  1. Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig’i J.Xasanov: budjet         intizomiga  qat‘iy rioya etilishi        ustidan       doimiy        monitoring         ishlarini kuchaytirsin; budjet intizomini buzish holatlari bo‘yicha har oy yakuni bilan Kengashga axborot kiritib borsin;

o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakuni bo‘yicha kamomad va noqonuniy o‘zlashtirishga yo‘l qo‘ygan soha rahbarlarining hisoboti har chorakda eshitib borilishini ta’minlasin.

  1. Xalq deputatlari tuman Kengashning mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi:

mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hokimlik tomonidan taqdim etilgan takliflari asosida budjet qonunchiligiga to‘liq rioya etilgan holda Kengash qaror loyihasining ishlab chiqilishiga;

Kengash qarori asosida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli foydalanishi ustidan nazorat o‘rnatishga va natijalari bo‘yicha tavsiyalar berishni monitoring qilishga; mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishida ishtirok etish va ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas‘ul etib belgilansin.

  1. Tuman hokimligi: Tuman mahalliy budjeti jami xarajatlarining 5 foizi hamda shakllangan qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirsin.

Bunda Gurlan tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari hamda yangi joriy etilgan hokim yordamchilari budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta‘minlash maqsadida aholiga keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga mas‘ul etib belgilansin; mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta‘mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10- sanasiga qadar majburiy tartibda tegishli hokimlik rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilsin.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov tegishli muassasa va tashkilotlar bilan birgalikda: mahalliy budjet daromad va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar; ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan erishilgan natijalar bo‘yicha Kengashga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot kiritib borsin.
  1. Tuman hokimligi qonunda belgilangan ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma‘lumotlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.
  2. Mazkur qaror “Gurlan hayoti” gazetasida rasman e‘lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  3. Ushbu qaror rasmiy e‘lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi N.Azimjanov zimmasiga yuklansin.

 

Kengash raisi             O‘RAZBAYEV RUSLAN XAJIBAYEVICH

 

 

 

Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2024-yil 27- dekabrdagi

VII-5-029-12-171-K/24 -son qaroriga 1- ilova

 

Gurlan tumanining tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari

ming so‘mda

Daromad turlari

Jami

Jami

122 919 337

1

Foyda solig‘i

 

2

Aylanmadan olinadigan soliq

11 872 000

3

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

54 611 000

4

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

1 590 000

5

Aksiz solig‘i jami

8 182 760

 

alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari)

0

 

pivo

0

 

benzin, dizel yonilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘i

8 182 760

6

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

6 471 000

7

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

8 013 977

8

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i

11 392 000

9

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

13 504 000

10

Qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

30 000

11

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

7 048 600

12

Davlat ulushi bo‘yicha dividendlar va davlat korxonalari foydasidan ajratmalar

0

13

Davlat boji

0

14

Yig‘imlar

0

15

Jarimalar

0

16

Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari

204 000

 

Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2024-yil 27- dekabrdagi

VII-5-029-12-171-K/24 -son qaroriga 2- ilova

2025-yil uchun Gurlan tumanining tuman budjetidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori

ming so‘m

Hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar nomi

Cheklangan miqdor

Xarajatlar miqdori, jami

122 919 337

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

122 919 337

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

0

 

Tuman va shahar mahalliy budjetlariga tartibga soluvchi

transfertlar

0

1

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

32 411 422

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

32 411 422

 

shundan:

 

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

2

Madaniyat bo‘limi

6 378 644

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

6 378 644

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

3

Sport maktabi

4 797 761

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

4 797 761

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

4

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi

5 132 304

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

5 132 304

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

5

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi

425 004

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

425 004

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

6

Veterenariya bo‘limi

3 029 331

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

3 029 331

 

shundan:

 

 

Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Davlat markazini saqlash xarajatlari

589 011

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

7

Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi

3 076 324

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

3 076 324

 

shundan:

 

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

8

Iqtisodiyot va moliya bo‘limi

2 438 543

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

2 438 543

 

shundan:

 

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

9

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

2 045 276

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

2 045 276

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

10

Hokimyat

39 885 591

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

39 885 591

 

shundan:

 

 

Hokimlik ijtimoiy moslashish markazi bo‘limlari

126 600

 

Zaxira jamg‘armasi

1 668 257

 

Xalq deputatlari Kengashi kotibiyatini saqlash xarajatlari

248 075

 

“Mahalla budget” jamg’armasi mablag’lari

1 537 000

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

11

Hokimiyat (Obodonlashtirish boshqarmasi)

20 404 273

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

20 404 273

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

12

Hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi)

770 114

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

770 114

 

shundan:

 

 

Axborot-kutubxona markazlari

740 229

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini saqlash xarajatlari

29 885

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

13

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasinining tuman bo‘limi

2 124 750

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

2 124 750

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

14

Boshqa tashkilotlar

0

 

shu jumladan:

 

 

joriy xarajatlar

 

 

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

 

 

 

 

2024-yil 27- dekabrdagi

VII-5-029-12-171-K/24 -son qaroriga

3- ilova

Umumdavlat soliqlaridan Gurlan tumani mahalliy budjetlariga ajratmalar me’yori

Daromad turlari

Foiz hisobida

1

Aylanmadan olinadigan soliq

100

2

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

100

3

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

100

4

Yakuniy isteʼmolchilarga benzin, dizel yonilgʻisi va gazni realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi

62

5

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

100

6

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi

100

7

Yuridik shaxslar yer soligʻi

100

 

Yuklab olish https://e-qaror.gov.uz/doc/2190480 


Dekabr 28, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 62 marta