Gurlan tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-886-sonli qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 25-dekabrdagi 01/30-2-10354-sonli xati, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi VI-76-190-12-0-K/23-sonli “Xorazm viloyatining 2024 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori hamda Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 26dekabrdagi 01-01--38/1687-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi
QAROR QILADI:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-886-sonli qonuni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25- dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-886-sonli qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq Gurlan tumani mahalliy budjetining 2024-yil uchun daromadlari 99,3 mlrd soʻm, xarajatlari 187,9 mlrd soʻm prognoz qilinganligi hamda Respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 88,7 mlrd soʻm miqdorida tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- 2024-yil uchun tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2024-yil uchun tuman budjetidan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2024-yil uchun tuman budjetiga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlari 3- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, ajratmalar normativlari boʻyicha viloyat mahalliy budjeti bilan tuman (shahar)lar mahalliy budjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
- 2024-yil uchun tuman mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlarining prognozi 4- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2024-yil uchun viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi ijrosidan qat’i nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi qonunda belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- 2024-yil uchun tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmlari 1 668,3 mln soʻm miqdorida belgilansin.
Tuman budjetining 2024-yil uchun zaxira jamgʻarmalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida (bundan tuman budjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir mablagʻlari mustasno) 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin.
- Tuman budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Oʻzbekiston Respublikasining mazkur qonuni bilan 2024-yilda xalq deputatlari tuman Kengashini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan, mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
Shuningdek, 2024-yilda quyidagi soliq turlari:
- a) tuman (shahar)lar budjetiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi; jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi; mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno; noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i; aylanmadan olinadigan soliq;
davlat aktivlarini foydalanishga (ijaraga) berishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar.
Mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra tuman va shahar aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq.
- b) 3-ilovaga muvofiq quyidagi soliq turlari viloyat budjeti hamda tuman ( shahar)lar budjetlari oʻrtasida taqsimlanadi :
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
benzin, dizel yonilgʻisi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Choraklar yakunlari boʻyicha ushbu qonunning4- ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu mablagʻlarning tushish ehtimoli boʻlmagan taqdirda, viloyat hokimligi Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish boʻyicha choralar koʻrish bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan soʻrov bilan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Bunda viloyat mahalliy budjetlarining tegishli chorakdagi mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu mablagʻlarning tushish ehtimoli mavjud boʻlmagan budjet daromadlari turlarining prognoz koʻrsatkichlari aniqlashtiriladi hamda ushbu summa boshqa daromad manbalari yoki respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Tuman (shahar)lar hokimliklari ham viloyat hokimligigax uddi shunday tartibda murojaat qiladi.
Quyidagilar tegishlicha tuman budjetidan moliyalashtiriladi:
Soliq qoʻmitasining hududiy organlarini saqlash xarajatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalarini saqlash xarajatlari.
12 . Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U.Davlatov) tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Ollamov), tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev) va tashkilotlar bilan birgalikda:
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish; mahalliy budjet prognoz koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida va samarali bajarish; budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yanada kuchaytirish;
tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini ta’minlash;
budjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratsin.
13 . Tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev)ga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishi hamda ushbu soliqlarning oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish; yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazgan holda, soliqlarning toʻliq hisoblanishini ta’minlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
Bunda, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targʻib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratsinlar.
xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirish vazifasi yuklatilsin.
- Tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev), Kadastr agentligi tuman boʻlimi ( Z.Allaberganov) 2024-yil uchun yuridik shaxslar mol-mulk soligʻini hisoblashda koʻchmas mulklarga 1 kv.metr uchun minimal miqdorlar joriy etilganligidan kelib chiqib, tumanda mavjud soliq toʻlovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarning toʻliq hisoblanishini ta’minlasin.
- Tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev) tuman hokimligi bilan birgalikda :
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlarni aniqlash boʻyicha xatlovlar oʻtkazish;
xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda ularni soliq bazasiga qamrab olish;
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida faoliyat olib borayotgan karyerlar tomonidan qazib olinayotgan noruda qurilish materiallar hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Bunda, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan karyerlarning qazib olish hajmlarini doimiy tahlil qilib borish hamda zarur hollarda qazib olish hajmlarini aniqlashda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan “marksheydrlik” xizmatlaridan foydalanish lozimligi alohida belgilab qoʻyilsin.
- Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi (X.Urazmetov) tuman soliq
inspeksiyasi (A.Urazbayev) bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetga undirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsin hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
- Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi ( M.Bekchanov), tuman hokimligi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari boʻyicha joriy hisoblangan soliqlar hamda ushbu soliqlardan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan soliq organlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi ( Sh.Raximov), tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Ollamov) davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan 2024-yilning 1iyuliga qadar 2023-yil yakunlari boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdoridagi ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlarning 2024yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga oʻtkazilishini ta’minlasin.
- Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasi (D.Abdukarimov) tuman hokimligi bilan birgalikda tashqi reklama obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda, ushbu tashqi reklama obyektlari boʻyicha shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin hamda ushbu shartnomalar boʻyicha yigʻimlarning budjetga toʻlanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
- Tuman irrigatsiya boʻlimi (M.Madyarov) va tuman soliq inspeksiyasi (A.Urazbayev) tuman hokimligi bilan birgalikda tumanda sugʻorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʻmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarning toʻliq hisoblanishi hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga toʻliq undirib olinishini ta’minlasin.
Bunda, qishoq xoʻjaligi korxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin.
- Tuman ichki ishlar boʻlimi (A.Tadjiyev), yo‘l harakati xavfsizligi guruhi ( M.Yusupov), tuman adliya boʻlimi (N.Raximov) hisoblangan boj, jarima va yigʻimlarni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda budjetga undirish choralarini koʻrib borsin.
- Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiya va xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi:
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hokimlik tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida budjet qonunchiligiga toʻliq rioya etilgan holda Kengash qaror loyihasini ishlab chiqilishiga;
Kengash qarori asosida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatish va natijalari boʻyicha tavsiyalar berishga;
mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishida ishtirok etishi va ushbu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul etib belgilansin.
- Tuman hokimligi:
Tuman budjeti jami xarajatlarining 5 foizi hamda shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga yoʻnaltirsin.
Bunda, tuman xalq deputatlari tuman Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi tuman boʻlimi, tuman hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari hamda hokim yordamchilari budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʻminlash maqsadida aholiga keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga mas’ul etib belgilansin;
mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar majburiy tartibda tegishli hokimlik rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilsin.
- Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U.Davlatov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, tuman hokimligi, tegishli boʻlim boshliqlari:
mahalliy budjet daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar;
ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan erishilgan natijalar boʻyicha Kengashga har chorakda kamida bir marotaba hisobot kiritib borsin.
- Tuman hokimligi qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.
- Mazkur qaror “Gurlan hayoti” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Xaniyazov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi U.Jumaniyazov
1- ilova
Gurlan tumanining tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2024- yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari
ming so‘mda
T/R |
Daromad turlari |
Jami |
JAMI |
99 269 000, 0 |
|
1 |
Foyda solig‘i |
|
2 |
Aylanmadan olinadigan soliq |
10 918 000, 0 |
3 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) |
29 241 000, 0 |
4 |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i |
1 547 000, 0 |
5 |
Aksiz solig‘i, jami |
13 747 000, 0 |
|
shu jumladan: |
|
|
- benzinni, dizel yonilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i |
13 747 000, 0 |
6 |
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq |
5 518 000, 0 |
7 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i |
9 103 000, 0 |
8 |
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i |
12 910 000, 0 |
9 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i |
9 402 000, 0 |
10 |
Qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq |
40 000, 0 |
11 |
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq |
6 734 000, 0 |
12 |
Qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari) |
|
13 |
Qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar |
|
14 |
Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari |
109 000,0 |
15 |
Davlat aktivlarini joylashtirishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar |
|
16 |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar |
|
17 |
Qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar va g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yig‘imidan tashqari) |
|
18 |
Boshqa tushumlar |
|
2- ilova
Gurlan tumani mahalliy budjetining 2024-yildagi asosiy ko‘rsatkichlari
ming so‘mda
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Miqdori |
|
Xarajatlar - jami |
187 975 216 |
1. |
IJTIMOIY SOHA VA AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHGA XARAJATLAR - JAMI |
120 279 424 |
|
shu jumladan: |
|
1.1 |
Maorif |
31 589 057 |
|
- maktabgacha ta’lim |
16 761 462 |
|
- umumiy ta’lim |
14 827 595 |
1.2 |
Sog‘liqni saqlash |
82 222 145 |
1.3 |
Madaniyat va ommaviy axborot vositalari |
2 286 568 |
1.4 |
Sport |
4 062 945 |
1.5 |
Fan |
|
1.6 |
Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar |
|
1.7 |
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” |
18 400 |
1.8 |
Ijtimoiy ko‘nikma markazlari |
100 309 |
2. |
IQTISODIYOTGA XARAJATLAR |
22 627 207 |
|
shu jumladan: |
|
2.1 |
Ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarni ta’mirlash xarajatlari |
4 000 000 |
2.2 |
Obodonlashtirish |
11 241 118 |
2.3 |
Suv xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari |
3 042 338 |
2.4 |
Fermerlar xo‘jaliklari buxgalteriya markazlari |
386 368 |
2.5 |
Veterinariya qo‘mitasi |
2 483 683 |
2.6 |
Boshqa |
|
2.7 |
"Mahalla budjeti" jamg‘armasi mablag‘lari |
1 473 700 |
3. |
Davlat markaziy hokimiyati organlari |
0 |
4. |
Davlat boshqaruv organlarini saqlash |
23 919 095 |
5. |
FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINI SAQLASH |
0 |
6. |
ZAXIRA JAMG‘ARMASI |
1 668 257 |
7. |
Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi |
19 481 233 |
7.1 |
Tashabbusli budjet tadbirlari |
19 481 233 |
8. |
Boshqa xarajatlar |
0 |
3- ilova
Umumdavlat soliqlaridan Gurlan tumani mahalliy budjetlariga ajratmalar me’yori
Daromad turlari |
Foiz hisobida |
|
1 |
Aylanmadan olinadigan soliq |
100 |
2 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i |
50 |
3 |
Jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i |
100 |
4 |
Benzinni, dizel yonilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i |
100 |
5 |
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq |
100 |
6 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i |
100 |
7 |
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i |
100 |
8 |
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i |
100 |
9 |
Qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq |
100 |
10 |
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno |
100 |
11 |
Davlat aktivlarini foydalanishga (ijaraga) berishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar |
100 |
4- ilova
Gurlan tumani mahalliy budjetlarning 2024-yil daromadlari va xarajatlariing chegaraviy hajmi
ming so‘mda
Hudud nomi |
Daromad |
Xarajat |
Gurlan tumani |
99 140 000,0 |
187 975 216,0 |
5- ilova
Tumanlar mahalliy budjetining 2024-yilgi yuqori budjetdan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari
ming so‘mda
Shahar va tumanlar |
Tartibga soluvchi transfert miqdori |
shundan, aksiz solig‘i tushumlari hisobidan ajratilgan mablaglar* |
Gurlan tumani |
88 835 216,0 |
26 627 967,0 |
6- ilova
Gurlan tumani mahalliy budjetida 2024-yilda yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lar miqdori
ming so‘mda
T/r |
Shahar va tumanlar |
Miqdor |
1 |
Gurlan tumani |
882 000,0 |
https://e-qaror.gov.uz/doc/1579494
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 350 marta