Gurlan tumanidan 6 ta maktab “Zamonaviy maktab” maqomi berildi

O’zbekiston Respublikasining Prezidenting 2019-yil  29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5712-son Farmoni hamda “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “Zamonaviy maktab”lariga qo‘yiladigan talablar asosida baholash va muvofiqlik sertifikatini berish belgilangan.

10-dekabr kuni Urganch shahrida “Zamonaviy maktab” loyihasi bo‘yicha Xorazm viloyatidan  ishtirok etgan jami 110 ta maktabning 80 tasi “Zamonaviy maktab”  sertifikati bilan taqdirlandi.

Jumladan Gurlan tumanidagi 1-, 6-, 42-IDUM hamda 3-, 28-, 44-son maktablar “Zamonaviy maktab”  sertifikati bilan taqdirlandi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 12, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 658 marta