Gurlan tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Gurlan tumanining eng chekka hududi hisoblanadigan  “O‘yilma” mahallasida yangidan barpo etilgan 28-son “Kelajak avlod” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi Murodjon Achilov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi M.Achilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasidagi ulkan bunyodkorlik ishlari aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu borada ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar kelajak avlod ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida qayd etdi. 

Muassasa 120 o‘ringa mo’ljallangan bo’lib, oshxona, musiqa va badiiy gimnastika zali, tibbiyot xonasi va ma’muriy xonalar qattiq va yumshoq mebellar, oshxona jihozlari, bolalar o‘yinchoqlari, sport inventarlari bilan jihozlangan.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanishi bo'yicha joriy yilda o'tkazilgan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-mavsumida qoldirilgan taklif fuqarolar tomonidan qo'llab-quvvatlanib, jarayon yakunida g'olib bo'lganligi sababli "Tashabbusli byudjet" jamg'armasi mablag'lari jihozlash uchun yo'naltirilgan.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va ota-onalarning cheksiz quvonchlariga sabab bo‘ldi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 685 marta