Gurlan tumanida yana bir maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Gurlan tumani investitsiya dasturi asosida "Madadkor" mahallasida joylashgan 38-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1 mlrd 227 mln. so‘m mablag‘ evaziga qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Ruslan O’razbayev, sektor rahbarlari, nuroniylar, ota - onalar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bog‘chaning ochilishida ishtirok etganlar bu yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Sentabr 04, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 47 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 47 marta