Gurlan tumanida sport sinovlarini namunali topshirganlar munosib taqdirlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan, 30 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan Xorazmlik fuqarolar ham O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri tomonidan sport formalari hamda ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Jumladan bugun, Xorazm viloyatining Gurlan tumanida sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari (guvohnomasi) va sport formalari bilan tantanali tarzda taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 28 marta