Gurlan tumanida sayyor qabul va tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Aholini sifatli, arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish, birlamchi tibbiyot tizimini yanada yaxshilash maqsadida bugun “Vatanparvar” mahallasida viloyat hamda tuman tibbiyot birlashmasining  malakali shifokorlari ishtirokida chuqurlashtirilgan “Bepul tibbiy ko‘rik” o’tkazildi.

Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Sodiqov sayyor qabullar o‘tkazib, fuqarolarning respublika va viloyat tibbiyot muassasalarida davolanishda, farzandlarining salomatliklarini tiklash hamda boshqa masalalarda murojatlarini tingladi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 21, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 315 marta