Gurlan tumanida paxta xomashyosini birja savdolari orqali sotish tartibiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi «Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish to‘g‘isida»gi PF-7-sonli Farmonining mazmun mohiyatini hududlarda targ‘ib qilish yuzasidan Gurlan tuman hokimligi binosida tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari, klaster korxonalari ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.
Seminarda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uktam Masharipov va Gurlan tuman hokimi Ruslan O'razbayev ishtirok qildi.
Seminarda soha mutaxassislari tomonidan Farmonning mazmun-mohiyati, fermerlar oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 40 marta