Gurlan tumanida o‘smirlar o‘rtasida velosport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi "Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5251-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan IV-yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan seleksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida Gurlan tumanida 2007-2008 va 2009-2010-yillarda tug‘ilgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida velosport bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston velosiped sporti Xorazm viloyati bo‘limi ijrochi direktori O.Jumanov, tuman xalq ta’limi va tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamda “Vatanparvar” tashkiloti xodimlari ishtirok etishdi.

Musobaqa g’oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar hamda musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 657 marta