Gurlan tumanida mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami keng nishonlandi

Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida  Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida tuman hokimining birinchi o’rinbosari U.Davlatov so‘zga chiqib, tumanimizda keyingi yillarda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik ishlar to‘g‘risida gapirib, barchani Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor tabrikladilar.

Shundan so‘ng, ishtirokchilarga katta bayram konserti tuhfa etildi. Unda viloyatimiz va tumanimizda ijod qilib kelayotgan san’atkorlar o‘z ijodlari bilan mehmonlar ko‘ngillarini xushnud etdilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 27, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 668 marta