Gurlan tumanida fuqarolar bandligi ta'minlanmoqda

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Gurlan tumanida hokim yordamchilari tavsiyalari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zini o‘zi band qilish istagini bildirgan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga tikuv mashinalari topshirilmoqda.

Jumladan, bugun ham tumandagi “Moyli”, “Fidokor” va “Jaloyir” mahallaridagi jami 5 nafar ayollarga tikuv mashinalari topshirildi.

Endilikda tikuv dastgohlari berilgan xotin-qizlar o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashiladi. Bu esa ularning uyda o‘tirgan holda o‘zlarini band qilishlari va oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishlariga imkon yaratadi.

Tumanda bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 04, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 453 marta