Gurlan tumanida chigit ekish boshlandi

Bahor kelishi bilan paxta maydonlarini chigit ekishga tayyorlash va unib chiqqan g‘alla maydonida zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifa hisoblanadi.

Bugun Gurlan tumanida 2024-yil hosili uchun chigit ekish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok qildilar.

Seminarda tuman hokimi so‘zga chiqib, maxsus texnikalardan samarali foydalangan holda chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan sifatli va vaqtida tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shundan keyin qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega nuroniylar maslahatlari tinglanib, ularning duosi bilan yerga urug‘ qadash ishlari boshlab yuborildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 25, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 96 marta