Gurlan tumanida chigit ekish boshlandi

Gurlan tumani “Omonboev Nodirbek ” fermer xo‘jaligi maydonida 2022-yil hosili uchun chigit ekish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Murodjon Achilov, viloyat agroservis MTP MChJ raisi o‘rinbosari Maqsud Ustanazarov, sektor rahbarlari, “Gurlan global teks” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirok qildilar.

Seminarda tuman hokimi so‘zga chiqib, maxsus texnikalardan samarali foydalangan holda chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan  vaqtida  hamda sifatli tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Shundan keyin, qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega nuroniylar maslahatlari tinglanib, ularning  duosi bilan yerga urug‘ qadash ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilda tumanda  jami 214 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 11400 gektar maydonga 45,2 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirish belgilangan bo‘lib, mavjud maydonlarga paxtaning “Mehnat” va “Xorazm-150” navli chigit ekilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, seminar doirasida “Gurlan global teks” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan hududlarga biriktirilgan rahbarlar va tuman "Nuroniylar jamoatchilik kengashi" raisi Komil O‘razmetovlarga xizmat avtomobillari topshirildi.


Mart 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 589 marta