Gurlan tumanida bepul Wi-Fi xizmati mavjudligidan xabaringiz bormi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosi doirasida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan keyingi yillarda viloyatning bir qator rekreatsion turizm, dam olish hamda aholi gavjum bo‘ladigan joylarida Internetga simsiz ulanish (Wi-Fi) xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Ushbu Wi-Fi hududlarda koʻrsatiladigan simsiz internet xizmatlari bepul hamda pullik tariflarda boʻlib, foydalanuvchilar tomonidan telelefon qurilmalari (android va IOS) orqali Wi-Fi hududida Wi-Fi tarmogʻidan Uzcloud nomli tizimga kiriladi va autentifikatsiya (telefon raqami roʻyxatdan oʻtilib, tasdiqlash kodi kiritib) orqali internetga ulangan holda foydalanish imkoni mavjud. Bunda bepul internet xizmati tezligi 1 Mbit/sek va pullik internet xizmati tezligi 10 Mbit/sek ni tashkil etadi.
Gurlan tumanining “Istirohat bogʻi”da ham Wi-Fi hududi tashkil etilgan bo‘lib, bepul va pullik simsiz internet xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Mazkur Wi-Fi xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashi nazoratga olingan boʻlib, nosozliklar va uzilishlar aniqlangan taqdirda Wi-Fi xizmatlarini koʻrsatuvchi telekommunikasiya operatorining 1084-qisqa raqamiga, 62-228-22-22 Ishonch telefonga hamda O‘zkomnazorat inspeksiyasining 1144-qisqa raqamlariga murojjat qilishlaringiz mumkinligini bildiramiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 151 marta