Gurlan tumanida Mustaqilligimizniing 32 yilligi bayrami keng nishonlandi
Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov so‘zga chiqib, tumanimizda keyingi yillarda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida gapirib, barchani Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.
Konsert dasturida viloyat hamda tuman madaniyat bo’limining iste’dodli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 270 marta