Gurlan tumanida Bosh Qomusimizning 30 yilligi keng nishonlandi

Gurlan tumani 9-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda  korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirning kirish so‘zida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov 8-dekabr – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni qutladi.

Shundan so‘ng, tadbirda tuman Madaniyat bo’limining ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda ijro etilgan kuy qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 455 marta