Gurlan tumanida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda “Motamsaro ona” poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi yaxshi an’anaga aylangan.
Shu munosabat bilan Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, sektor rahbarlari, idora hamda tashkilot muassasa xodimlari, yoshlar, nuroniylar, Afg‘on urushi qatnashchilari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat ehtirom ko‘rsatildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tumani bo'linmasi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 121 marta