Gurlan tumanida 8 ta mega loyihalar amalga oshiriladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki hamda OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida Gurlan tumanidagi chekka mahallalarning infratuzilmalarni yaxshilash maqsad etilgan.
Ushbu loyiha doirasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xorazm viloyati vakillari, Gurlan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh, loyiha doirasidagi 8 ta mahalla aholisi tomonidan tuzilgan Tashabbuskor guruh raislari ishtirokida o‘rganilgan muammolar hamda ularning yechimiga qaratilgan taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda “Dehqon”, “Ziyokor”, “Navbir yop”, “Qangli”, Do‘simbiy”, Marbugat”, "Olchin", "Oqqum" mahallalarida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, kelgusi vazifalar belgilanib olindi.
Biz, mazkur loyiha doirasidagi kelgusi ishlari rivoji bilan yaqindan tanishtirishda davom etamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 268 marta