Gurlan tumanida 8 gektar maydonda bog’ tashkil qilinadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xayrli tashabbuslari bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha 2022-yilda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Gurlan tumanining Sovunchi mahallasida 8 gektar yerga 10000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tadbirda tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri I.Tlavov, mahalla faollari, FVB va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi xodimlari, bir guruh yoshlar va nuroniylar ishtirok etishdi.
Siz ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok qiling va ko’chat ekish ishlariga o’z hissangizni qo’shing!
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 642 marta