Gurlan tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida “Yormish" mahallasining ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi.

Gurlan tumanida joriy yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va “eng koʻp” ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan takliflar asosida mahallalarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Jumladan; "Yormish" mahallasidagi Turkiston, Amudaryo, Oq ko'l, Fayz obod va Oydin hayot koʻchalarini asfalt qilish loyiha asosida jami 2.3 km ichki ko'chalarning yo'llariga asfalt yotqizish belgilangan boʻlib, pudratchi tashkilot tomonidan asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarildi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1,36 mlrd so'm mablag' ajratilgan.
“Tashabbusli budjet” loyihasida faol qatnashing va siz ham o'z mahallangizdagi mavjud muammolar bartaraf qilinishida o'z hissangizni qo'shing.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 155 marta