Gurlan tumanida "Mahalla yettiligi" uchun seminar tashkil qilindi

Bugungi kunga qadar samarali ishlagan “mahalla beshligi” tizimiga endilikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, “yettilik” tarzida ish olib borishi belgilandi.

Shu munosabat bilan Gurlan tuman hududlarida «Mahalla yettiligi» ishini muvofiqlashtirishda mahalla raislarining vakolatlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimni ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha taqdimnoma kiritish kabi vakolati boʻyicha tushuncha berish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Tashkil etilgan ushbu seminardan asosiy maqsad – “mahalla yettiligi”ning siyosiy-huquqiy hamda kasbiy bilimini oshirib, jamoatchilik va aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 07, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 131 marta