Gurlan tumanida "Bilimlar kuni" tadbiri oʻtkazildi
Bugun Gurlan tumanidagi barcha o‘quv dargohlarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz Mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi so‘zga chiqib, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yiligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, ushbu maktabda qiymati 6,7 mlrd soʻm boʻlgan 500 oʻrinli oʻquv binosining ochilish marosimi oʻtkazilib, foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirdan so‘ng, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 289 marta