Gurlan tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati 

Assalomu alaykum, qadrli eldoshlar!

Barchamiz yaxshi orzular bilan, ezgu niyatlar bilan kutgan Yangi 2024 yil ham kirib keldi.

Men tumanimiz ahliga kirib kelgan yilimiz quvonchli, barakali va omadli bo‘lishini chin dildan tilayman.

O‘tgan 2023 yil halqimiz hayotida, davlatimiz va jamiyatimiz miqyosida siyosiy va ijtimoiy jixatdan katta-katta voqealarga boy bo‘ldi desak asosli bo‘ladi.

Ulardan eng muhimi va ahamiyatlisi Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq Referendumi va Prezident saylovi bo‘ldi.

Ushbu o‘tgan siyosiy kompaniyalarda (jarayonlarda) tumanimiz aholisi ham hamjixatlik qilib, yaqdillik bilan faol qatnashdilar.

Asosiy Qonunimiz yangi tahrirda qabul qilindi, Qonunga katta o‘zgarishlar kiritildi. Unda “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Konstitutsiyaning Bosh maqsadi – inson, uning hayoti, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat qilib belgilandi.

Davlatimiz Rahbari Shavkat Miramanovich Mirziyoev barcha sohalarda katta marralarni ko‘zlab islohotlarni jadal davom qildirmoqdalar.

Halqimiz bilan birgalikda Yangi O‘zbekistonni qurish, III-Renessans poydevorini barpo qilishdek yuksak marralar (vazifalar) ko‘zlanmoqda.

Mana shunday ulug‘ maqsadlar bilan yashayotgan, mehnat va ijod qilayotgan aholimizning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda prokuratura organlari zimmalarida ham katta mas’uliyat va vazifalar turganligini juda yaxshi sezamiz va anglaymiz.

Men rahbarlik qilayotgan tuman prokuraturasi xodimlarining barchasi qonuniylikni muslahkamlashdagi o‘rni va vazifalarini har qachongidan ham to‘g‘ri tushunadilar va mas’uliyat bilan qarash choralarini belgilab olganmiz.

Aholimiz bilan doimo birga bo‘lishimiz, ularni quvonchli kunlarida sherik bo‘lish, tashvishli va muammoli paytlarida ularga dalda bo‘lish va amaliy ko‘mak berish insoniy burchimiz deb bilamiz.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

Ayniqsa, bu yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”da mas’ullar, shu jumladan prokuratura organlari xodimlari tomonidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun dolzarblik va mas’uliyat yuklangan.

Bugungi kunda yaratuvchanlik bilan shug‘ullanayotgan mehnat ahlini, qonunga bo‘ysunib faoliyat ko‘rsatayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib fuqarolarni daromadli qilayotgan tadbirkorlarimizni qo‘llab-quvvatlash, bu borada qonunlarning ijrosini ta’minlash kundalik nazoratimizda bo‘ladi.

Halqimiz faravonligi, dasturxonimiz to‘kin-sochinligi uchun mehnat qilayotgan maqsadni to‘g‘ri belgilab olgan tadbirkorlarimizga halaqit berishi mumkin bo‘lgan har qanday sansalorlik, byurokratizim holatlarini oldini olish choralarini ko‘ramiz.

Korrupsiya - bu rivojlanishimiz uchun katta to‘siq, illat ekanligini anglagan holda, uning har qanday ko‘rinishini oldini olish, sodir qilingan har bir holat bilan ayovsiz kurashamiz, toki bunday ko‘rinish faoliyatimizda hech qachon uchramasin.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ularning talon-toroj qilinishini bartaraf qilish bo‘yicha prokuratura organlari oldiga muhim vazifalar qo‘yildi.

Halqimizning peshona teri bilan topilgan ushbu mablag‘larning har bir so‘mi maqsadli, samarali, aholimizning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilishini nazorat qilish kundalik vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta’minlash faoliyatimizning asosini tashkil qiladi.

Yaxshi bilamizki, har bir murojaat ortida inson, uning taqdiri, tashvish va muammolari turganligini yaxshi bilgan holda, ularning ijobiy hal bo‘lishi aholimiz kayfiyati bilan bog‘liq ekanligini yaxshi tushunamiz.

Murojaat qilgan har bir insonga mehr bilan, xissiyotlarga berilmay, yaxshi munosabatda bo‘lish bizning Odob va ahloqiy ko‘zgumiz ekanligini doimo esda tutamiz.

Dunyoning hech bir joyida bo‘lmagan tuzilma – “mahalla” instituti faqat O‘zbekistonimizda mavjud.

Mahalla – bu har birimizning yashash makonimiz, adolat tarozisi, qadriyatlar o‘chog‘idir.

Keyingi 6-7 yilda mahallalarga e’tibor, ularda yaratilayotgan sharoitlar faqat aholimizning hamjixat bo‘lib, bir oila farzandlaridek yashashlari, mehnat qilishlari, umrguzaronlik qilishlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Shuning o‘zi har bir prokuratura xodimining mahalla yettitaligi bilan doimiy aloqada bo‘lishi ularning faoliyatiga yaqindan yordam berishni taqozo qiladi.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda xalqimizga munosib hayot kechirishlari, zaruriy tibbiy xizmatdan foydalanishlari, yoshlarimizning zamonaviy ta’lim va namunali tarbiya olishlari faoliyatimizning asosiy maqsadi va natijasi hisoblanadi.

Men Rahbarlik qilayotgan prokuratura xodimlari barchamiz davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishda donishmand nuroniy otaxonlarimiz, aqli raso onalarimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga, tumanimizning faol, keng jamoatchiligiga tayanamiz.

Dunyodagi vaziyatni hammamiz yaxshi kuzatib, eshitib turibmiz. Tinchlik-bu ulug‘ nemat. Tinchlik bo‘lsa mehnat unumdorligi bo‘ladi, bayram va to‘ylar yarashadi.

Muhtaram Prezidentimizning pragmatik, uzoqni ko‘zlab olib borayotgan tashqi siyosatlari, sa’yi harakatlari bois davlatimizning jahon hamjamiyatlaridagi o‘rni va nufuzi ortib bormoqda.

Ayniqsa qo‘shni davlatlar bilan aloqalarimiz har qachongidan ham jadal va samarali rivojlanmoqda.

Barcha sohalarda munosabatlarimiz yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va hamjixatlik prinsipi (tamoyili) asosida qurilmoqda.

Ana shunday tig‘iz va mas’uliyatli vaqtda har birimizdan yanada xushyor va ogoh bo‘lishimiz, halqimiz osoyishtaligini saqlashda vatanparvar bo‘limishimiz talab qilinadi.

Biz bugun shuni juda yaxshi bilamizki, bugungi kunda prokuratura organi xodimi ma’naviy yetuk, madaniyatli, halol va jonkuyar bo‘lishi zarur va shart.

Gullab-yashnayotgan Yangi O‘zbekistonimiz uchun uning mehnatkash va jafokash halqining faravon hayoti biz uchun katta mas’uliyat va sharafdir.

Mana shularni barchasi bo‘yicha qonunlarimiz doirasida ijrosini ta’minlashni men o‘z zimmamga olaman.

Hammamiz oldimizda turgan ulkan vazifalarni hamjihatlikda uddasidan chiqamiz va ko‘zlangan maqsadlarmizga erishamiz.

 

Gurlan tuman prokurori                       K.Raxmanov


Yanvar 23, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 150 marta