Gurlan tuman hokimi Navbiryop mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun tumani hokimi Ruslan O’razbayev Respublika ishchi guruhidan Gurlan tumaniga biriktirilgan Vohid Hakimov bilan birgalikda 1-sektor hududidagi “Navbiryop” mahallasida sayyor qabul o’tkazdi. Sayyor qabullar davomida fuqarolarning 15 dan ortiq muammo, murojaat va takliflari tinglandi. Murojaatlar tabiiy gaz, mahallaga oqava suv olib kelish, bandlikni ta’minlash, tibbiyot va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan yo‘llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolarning ijobiy yechim topishi, qisqa fursatlarda hal etilishi va fuqarolar roziligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 92 marta