Gurlan tuman hokimi Janubiy Koreyalik investor bilan uchrashdi
Bugun Gurlan tuman hokimligida Janubiy Koreyaning "Kitech” instituti vakillari Boksang Lee va Bum Sung Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov va hokimlik mas’ullari ishtirok etgan uchrashuvda mahalliy sharoitda yetishtirishga moslashgan dorivor o‘simliklarning qayta ishlash va qo‘llash bo‘yicha bir qator loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar davomida xorijiy investorlar bilan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 452 marta