Gurlan innovatsion tumanida yangi loyiha

Gurlan innovatsion tumanida 2024-yilda “Yantoq, qamish, beda, qizilmiya, makkajo‘xori va amarant o‘simliklari birlashmasidan granulalangan yem-ozuqa tayyorlashni yo‘lga qo‘yish” loyihasi ishga tushirildi.
Uning doirasida aholi chorva mollari va fermer xo‘jaliklariga makro va mikro elementlarga boy granulalangan yem-ozuqa mahsuloti yetkazib berilmoqda.
10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan korxonada yiliga 700 tonna mahsulot ishlab chiqariladi.
Ma’lumot o‘rnida, granulalangan ozuqadan foydalanish yosh qoramollarning vaznini 20% ga, parranda vaznini 10% ga va tuxum ishlab chiqarishni 12% ga oshirishi mumkin.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 18 marta